Kim Chen Inning singlisi KXDRda ishlab chiqarilayotgan qurol nimaga mo‘ljallanganini aytdi
Shimoliy Koreya o‘z qurol-yarog‘larini, shu jumladan, eng yangi harbiy texnologiyalarini boshqa mamlakatlarga yetkazib bermayapti, deya ma’lum qildi KXDR yetakchisi o‘rinbosari, uning singlisi Kim Yo Chen. Uning gaplarini Koreya Markaziy telegraf agentligi keltirib o‘tdi.
“Bu borada boshqa hech qanday izohlar bermayman, ammo shuni ta’kidlamoqchimanki, dushman kuchlari jamoatchilik fikrini biz tomonimizdan ishlab chiqarilayotgan qurol-yarog‘ tizimlari “faqat eksport uchun” mo‘ljallangani haqida uydirmalar bilan chalg‘itmoqda”, — dedi Kim Yo Chen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDRda so‘nggi vaqtlarda ishlab chiqilgan qurol-yarog‘ tizimlari texnologiyalari “oshkor qilinishi mumkin emas, demak, ularning eksport qilinish ehtimoli ham muhokama etilishi mumkin emas”. Uning ta’kidlashicha, KXDRning harbiy texnologiyalarni eksport qilish yoki qayerdadir fosh qilish niyati yo‘q.
Mudofaa sohasining asosiy maqsadi — Shimoliy Koreya armiyasi jangovar qudratini mustahkamlash, shu jumladan, AQSH va Janubiy Koreya tomonidan bo‘layotgan harbiy tahdidlardan himoyalanish uchun.
Sharhlar