Keyt Middlton saraton kasalligidan davolanishni yakunladi
Uels malikasi Keyt Middlton 9-sentabr kuni kimyoviy davolanish kursini muvaffaqiyatli yakunlaganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Yoz o‘z nihoyasiga yetmoqda, men esa, nihoyat, kimyoviy davolanish kursini tugatib, qanchalik yengil tortganimni so‘z bilan ifodalay olmayman”, — dedi u X ijtimoiy tarmog‘iga joylangan videomurojaatida.
“Endi mening vazifam — saratonsiz qolish. Kimyoviy muolajalarni tugatgan bo‘lsam-da, mening davolanish va to‘liq sog‘ayish sari yo‘lim hali uzoq davom etadi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Britaniya taxti valiahdining rafiqasi.
Uels malikasi joriy yil yanvarida qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizilgan edi. Shundan keyin unda onkologik kasallik aniqlandi, bu haqda uning o‘zi mart oyida ma’lum qildi. O‘shandayoq unga profilaktik kimyoviy davolanish kursidan o‘tish tavsiya qilingan.
Sharhlar