Kiprda Aleksey Navalniyga qo‘yilgan bronza yodgorlik vayron qilindi

Фото; Открытые источники

Kiprda siyosatchi Aleksey Navalniyga Pafos shahri qirg‘og‘ida o‘rnatilgan bronza yodgorlik vayron qilindi. Bu haqda yodgorlikni qo‘ygan multiplikator Pavel Muntyan ma’lum qiladi.

Navalniyning bronza profilli tosh plitasidan iborat yodgorlik o‘rnatilganidan atigi uch hafta o‘tgach u vayron qilingan. Muntyan yodgorlikni buzish uchun ishlatilgan kuchdan hayratda qolib shunday deydi: “Bu qo‘rqinchli emas, biroq hayratda qoldiradi. Uni toshdan yulib olish uchun juda katta kuch kerak. Hechqisi yo‘q, keyingi safar yanada mustahkamroq qilamiz ”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.