Kiyev G‘arb bilan xavfsizlik nuqtai nazaridan hududlarning bahridan kechish haqida gapira boshladi
Ukraina rasmiylari g‘arblik hamkasblari bilan muloqotda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun ochiqroq bo‘lyapti, deb yozadi Financial Times (FT) manbalarga tayanib. Nashrning yozishicha, sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etayotgan yevropalik diplomatlar kelishuv imkoniyati atrofida “muhokamalarning ohangi va mazmunida sezilarli o‘zgarishlar”ni qayd etgan.
G‘arb diplomatlariga ko‘ra, Ukraina Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Andrey Sibiga AQShga safari chog‘ida hamkasblari bilan uchrashuvlarda “potensial murosa yechimlari”ni muhokama qilgan. U xavfsizlik uchun yer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati bo‘yicha ancha pragmatik pozitsiyani egalladi, deb yozadi FT. Qanday aniq hisob-kitob variantlari muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan.
“Biz bu qanday yakunlanishi va doimiy tinchlik kelishuviga erishish uchun Ukraina nimadan voz kechishi kerakligi haqida tobora ochiqroq gapirmoqdamiz. Va bu olti oy oldin, bunday suhbatlar taqiqlangan paytdagiga nisbatan jiddiy o‘zgarish”, – deydi Nyu-Yorkda bo‘lgan diplomatlardan biri.
Sharhlar