Kiyev Vashingtondan Rossiya hududiga AQSH quroli bilan zarba berishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni so‘radi
Ukraina AQSHdan Vashington tomonidan tan olingan Rossiya hududiga zarba berishda Amerika qurolidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni so‘radi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Shuningdek, Kiyev Ukraina quroli bilan zarbalar berish uchun Rossiya hududidagi nishonlarni aniqlashda yordam ham so‘ramoqda.
So‘rov o‘tgan hafta kelib tushgan, u ko‘rib chiqilmoqda. Ta’kidlanishicha, Kiyev Vashingtonga Rossiya armiyasi muvaffaqiyatlarga erishayotgan bir paytda murojaat qilgan. WSJ fikricha, AQSH rozi bo‘lgan taqdirda, bu Oq uy siyosatidagi jiddiy o‘zgarishni bildiradi.
Bunday so‘rov haqida avvalroq Politico ham ma’lum qilgandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya armiyasining Xakrov viloyatida olg‘a siljishi fonida AQSHdan Rossiya hududiga Amerika quroli bilan zarba berishga ruxsat etishni talab qilmoqda. Vashington uzoq masofali qurol-yarog‘ni Ukrainaga yuborish uchun shart sifatida u Rossiya hududiga hujum qilish uchun foydalanilishi mumkin emasligini aytgandi. Davlat departamenti AQSH Rossiyadagi obyektlarga zarbalarni qo‘llab-quvvatlamasligini tasdiqlagandi.
Sharhlar