Kobaxidze, Gariboshvili va Ivanishvili mandatlaridan voz kechishi mumkin

Фото: Formula

Oligarx va “Gruziya orzusi” partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishvili, Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Gariboshvili va bosh vazir Irakliy Kobaxidze deputatlik mandatlaridan voz kechmoqchi. Bu haqda parlament fraksiyasi rahbari Mamuka Mdinaradze bugun ma’lum qildi.

Mdinaradzening so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar partiya vakillari bo‘lgani uchun rasman partiya ro‘yxatiga kiritilgan.

“Bilishimcha, buni yashirishning hojati yoʻq, janob Bidzina, janob Irakli va janob Irakli. Bu odamlar parlamentda qolmaydi. <…> Ular tez orada deputatlik mandatlarini tark etishadi”, — deb Mdinaradzening bayonotidan iqtibos keltiradi Formula telekanali.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.