Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan yana uch kishi ushlandi
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirishda gumonlangan yana uch kishi qo‘lga olindi.
Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni ikki nafar noma’lum shaxs Toshkent viloyati Qibray tumanida Allamjonovning Range Rover avtomobiliga o‘q uzib, suiqasd uyushtirgan. Mashinada Allamjonovdan tashqari uning haydovchisi ham bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli hech kim jabrlanmagan.
Jinoyatchilarni qo‘lga olish uchun Bosh prokuratura, Toshkent viloyati va Toshkent shahar prokuraturalari, Harbiy va Transport prokuraturalari, IIV, viloyat va poytaxt IIBB, shuningdek Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Tezkor qidiruv natijasida ijrochilardan birining shaxsi aniqlanib, u tez orada qo‘lga olingan.
Qasddan odam o‘ldirishga urinish fakti bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) va 248-moddasi (O‘qotar qurolni noqonuniy muomalasi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Sharhlar