Baydenning oilasi uni prezidentlikka nomzodini qaytarib olishga ko‘ndirishi mumkin
AQSH prezidenti Jo Baydenning eng yaqin qarindoshlari, do‘stlari va maslahatchilari teledebatlardagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin uni prezidentlik poygasidan chiqishga ko‘ndirishi mumkin, deb yozadi Axios nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden uchun poygani tark etishning yagona usuli — bungacha uning nomzodi ilgari surilishini qo‘llab-quvvatlagan eng yaqin odamlaridan iborat guruh uning ketish vaqti keldi deb qaror qabul qilishi.
Bunday odamlar qatoriga, jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, uning rafiqasi Jill Bayden, singlisi Valeri Bayden, eski do‘sti va maslahatchisi Ted Kaufman, shuningdek, Oq uydan bir nechta maslahatchilar kiradi. Bu guruh Baydenning hayoti va prezidentligidagi eng muhim qarorlarni qabul qiladigan katta oila, oqsoqollar kengashi va hukmron oligarxiya sifatida faoliyat yuritadi.
Demokratik partiya yetakchilari ham Baydenga bosim o‘tkazishi mumkin. Ular Baydenning kuchsizligi oqibatida partiya Vakillar palatasi va Senatda o‘rinlarni yo‘qotishidan xavotirga tushgan qonun chiqaruvchilardan xabarlar va qo‘ng‘iroqlar qabul qilmoqda.
Sharhlar