Koreyaning ikki aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Janubiy Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi “Jeju Air” va “T’way Air” aviakompaniyalariga O‘zbekistonga uchish uchun ruxsat berdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
Parvozlar 2025-yildan boshlab Incheon – Toshkent yoʻnalishida amalga oshiriladi. Parvozlar chastotasi haftasiga to’rt marta bo’ladi.
Janubiy Koreya aviatashuvchilaridan faqat “Asiana Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekiston poytaxtiga parvozlarni amalga oshiradi. “Korean Air” aviakompaniyasi joriy yilning mart oyida Toshkentga parvozlarni to‘xtatdi.
“Jeju Air” aviatsiya bozorida 2005-yildan beri faoliyat yuritadi. Kompaniya parki Boeing 737 laynerlaridan iborat.
T’way Air aviatashuvchisi 2003-yilda tashkil topgan. Kompaniya Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga parvozlarni amalga oshiradi.
Sharhlar