Kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kosmetik muolajalar uchun pul to‘lamagani ortidan sudga tortildi, deb yozadi The Sun.
Britaniyalik kosmetolog Roshan Ravindranning aytishicha, futbolchi 2021 va 2022-yillarda “Manchester Yunayted”dagi o‘yinlari davomida ko‘rsatilgan xizmatlari uchun 40 ming funt to’lamagan. Botoks, plomba va qosh ko‘tarish muolajalariga ixtisoslashgan Ravindran bu summani sud orqali undirmoqchi.
Ronaldu ayni damda “Al-Nassr” safida to‘p surmoqda, u joriy mavsumda 14 ta o‘yinda 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan va futbolchining bozor narxi 15 million yevroga baholanmoqda.
Sharhlar