Kosmosga dunyodagi ilk yog‘och sun’iy yo‘ldosh uchirildi
SpaceX missiyasi doirasida Yaponiyada yaratilgan LignoSat yog‘och yo‘ldoshi kosmosga uchirildi, deya xabar bermoqda Reuters. Kioto universiteti va Sumitomo Forestry kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu noyob apparat Xalqaro kosmik stantsiyaga olib borilib, taxminan 400 km balandlikdagi orbitaga olib chiqiladi.
LignoSat, yapon magnoliyasi yog‘ochidan ishlab chiqilgan bo‘lib, kosmosda yangilanuvchi materiallarni qo‘llash imkoniyatlarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan. Kaft kattaligidagi ushbu yo‘ldosh 1 kilogramm vaznga ega bo‘lib, yarim yil davomida orbitada ishlab, yog‘ochning kosmik sharoitlarga chidamliligini o‘lchab boradi.
Tadqiqotchilar jamoasi, astronavt Takao Doi rahbarligida, kelajakda Oyda va Marsda yog‘ochdan qurilmalarni qo‘llashni rejalashtirmoqdalar, chunki ushbu material uzoq muddatli kosmik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin, degan fikrdalar.
Sharhlar