Kreml amaldorlarni Ukraina bilan urushni yakunlashga tayyorlashni boshladi
Rossiya prezidenti ma’muriyati hududiy amaldorlar orasida Ukraina bilan urushdagi “g‘alaba timsoli” strategiyasini shakllantirishga kirishdi, ular bu strategiyani jamoatchilikka yetkazishlari kerak. Bu mavzu Moskva yaqinidagi “Senej” boshqaruvi ustaxonasida o‘tkazilgan gubernator o‘rinbosarlari uchun seminarda asosiy mavzuga aylandi, deb yozadi “Kommersant” xabardor manbalarga tayanib.
Nashrning yozishicha, Kreml mojaroning tugashi muqarrar deb hisoblamoqda va jamoatchilik natijalarni g‘alaba sifatida qabul qilishini oldindan tayyorlashi muhim. Asosiy e’tibor fuqarolarning “xotirjam ko‘pchiligi”ga qaratilgan bo‘lib, ular prezident tomonidan belgilab berilgan maqsadlar – “denatsifikatsiya”, “demilitarizatsiya” va Ukrainaning to‘rtta hududini bosib olish – muvaffaqiyatiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Bundan tashqari, hududiy hukumatlarga urush qatnashchilarining norozilik harakatlari yoki jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida ular bilan faolroq ishlash, jumladan, ularni reabilitatsiya qilish va ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Sharhlar