Kreml Dog‘istondagi teraktlar ortida IShID turganiga ishonadi, ammo rasmiylarga hujumda Ukrainani ayblashiga imkon beradi – “Verstka”
“Verstka” nashri o‘z manbalariga tayanib, 23-iyun kuni Maxachqal’a va Derbentga jangarilarning hujumidan so‘ng Rossiya hukumati mintaqa xavfsizligi uchun mas’ul amaldorlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmayotgani haqida xabar berdi. Aksincha, aholi orasida vahima paydo bo’lmasligi uchun politsiya tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Verstka” manbalarining xabar berishicha, rasmiylar Dog‘istondagi hujum kontekstida terrorchilik tashkilotlari va “terrorchilik hujumi” so‘zini ommaviy tilga olishdan saqlanishni tavsiya qilgan. Biroq Kreml prezident maʼmuriyati, parlament va mintaqaviy hokimiyatga yaqin manbalarga koʻra, hujum ortida IShID turganiga ishonch bildirmoqda.
Rasmiylar hujumchilarning terror tashkilotlari bilan aloqalari haqida ochiq bayonot bermadi. Masalan, Vladimir Putin Dog‘istondagi teraktga izoh bermadi, Davlat Dumasidagi manbaga ko‘ra, bu prezidentning “muammoli mavzularga e’tibor qaratishni” istamagani bilan bog‘liq.
Biroq, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin va Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matvienko Dog‘istondagi teraktlarda “Ukraina izi” borligiga ishora qildi. Parlamentdagi manbaning qayd etishicha, bunday ritorika amaldorlarning shaxsiy tanlovi va Kreml hukumat amaldorlariga hujumda Kiyevni ayblashni taqiqlamoqchi emas.
“Bizga hali IShID haqida gapirishni aytishmagan, ammo biror yomon narsada ukrainalik yoki amerikalik izni topish har doim yoqimli narsa”, deydi Verstka manbasi.
Sharhlar