Kreml Putinning Ilon Mask bilan muntazam aloqalari haqidagi xabarlarni rad etdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Ilon Mask o‘rtasida muntazam aloqalar mavjudligi haqidagi xabarlarni rad etib, uni “mutlaqo yolg‘on” deb atadi.
Uning aniqlik kiritishicha, Putin va Mask o‘rtasida 2022-yilgacha faqat bitta telefon suhbati bo‘lgan, u axborot xarakteriga ega bo‘lib, texnologiyalar va ularning kelajagi muhokamasiga tegishli.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, bu suhbat o‘rtacha davomiylikda bo‘lgan. U Mask bilan muntazam aloqalar haqidagi mish-mishlarning paydo bo‘lishini AQShdagi saylov kampaniyasi bilan bog‘lamoqda.
Uning eslatishicha, avvalroq Putinning Donald Tramp bilan doimiy suhbatlari haqida ham shunday xabarlar tarqalgan edi.
Ulashish:
Sharhlar