Kreml Rossiya aktivlaridan olingan daromadning YeI tomonidan foydalanilishini o‘g‘irlik deb atadi

песков
Фото: МТ

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlata boshlagani haqidagi ma’lumotga izoh berdi. U buni noqonuniy ekspropriatsiya deb atadi.

“Bu noqonuniy harakatlardir. Ular, albatta, qonuniy oqibatlarga olib keladi. Bu noqonuniy ekspropriatsiyadan, ruscha aytganda, pulimizni o‘g‘irlashdan boshqa narsa emas”, – dedi janob Peskov matbuot muloqoti chog‘ida.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘lardan foydalana boshlagani haqida avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, Ukrainaga va Kiуevga qurol taqdim etadigan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 1,4 milliard yevro yo‘naltirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.