Kreml: Tramp bilan muzokaralar Rossiyaning Ukrainadagi “amaliyoti” maqsadlarini o‘zgartirmaydi
Vladimir Putinning Donald Tramp bilan Rossiya-Ukraina urushining tugashini muhokama qilishga tayyorligi haqidagi bayonoti “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishni anglatmaydi, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlari o‘zgarmaydi, u Rossiya xavfsizligi va rusiyzabon aholini himoya qilish bilan bog‘liq.
Peskov Putin mojaroni hal qilish uchun muloqotga ochiqligini, biroq Tramp bilan muzokaralar uchun hozircha aniq rejalar yo‘qligini ta’kidladi.
Uning eslatishicha, Tramp avvalroq Putin bilan ehtimoliy tinch kelishuvni muhokama qilish uchun shaxsan o‘zi bilan bog‘lanishga tayyorligini bildirgan.
Ulashish:
Sharhlar