Kreml Turkiyaning Ukraina bo‘yicha tinchlik platformasi haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi
Moskva Anqaraning Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun tinchlik platformasini yaratish zarurligi haqidagi taklifiga rozi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, bu haqda RBK yozadi.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan “qutblanishning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan” tinchlik platformasini yaratish va diplomatiyaga ustuvor ahamiyat berishni taklif qilgan edi. Shuningdek, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroni hal qilishda imkon qadar ko‘proq ishtirokchilarni jalb qilishga chaqirdi.
Ulashish:
Sharhlar