Kremlda Pavel Durovni nimada ayblashayotganini bilishmaydi
Kreml Pavel Durov nimada ayblanayotganini bilmaydi, bu haqda Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qilgan.
“Biz Durov aynan nimada ayblanayotganini hozircha bilmaymiz. Hozircha bu borada rasmiy bayonotlarni eshitmadik. Biror narsa deyishdan oldin, Durovni aynan nimada ayblashmoqchi ekani haqida aniqroq ma’lumot bo‘lishini kutish kerak. Busiz bayonotlar qilish noto‘g‘ri bo‘lardi”, – dedi u.
Peskov, shuningdek, Vladimir Putin Durov bilan Bokuda uchrashmaganini aytdi. Avvalroq Telegram kanallarda Telegram asoschisi go‘yoki Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida Putin bilan gaplashmoqchi bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Ulashish:
Sharhlar