Krishtianu Ronaldu yutub-kanalini ishga tushirdi

Скриншот

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu YouTube servisida o‘z kanalini ochdi. Ikki soat ichida – 2,5 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘ldi va 18 ta videoni joylashtirdi.

Hozircha kanalda faqat kelajakda qo‘yiladigan roliklar tizerlari mavjud. Futbolchi oila, salomatlik, ovqatlanish, biznes va sport haqida gapirishni rejalashtirgan, albatta.

Boshim osmonda. Men bu loyihani juda uzoq vaqt davomida o‘ylab yurgandim va nihoyat u amalga oshdi. Men har doim ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan muloqot qilishdan zavqlanganman, endi ular men, oilam va turli mavzulardagi qarashlarim haqida ko‘proq bilib olishadi”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.