Yaponiyada kuchli yomg‘irlar oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyaning Xonsyu oroli g‘arbidagi Isikava prefekturasida kuchli yomg‘irlar oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Yana yetti kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Kamida 115 ta aholi punkti bilan aloqa uzilgan. U yerlarga olib boradigan yo‘llar yer o‘pirilishi natijasida to‘silib qolgan.
21-sentabr kuni Yaponiyada boshlangan yog‘ingarchiliklar tufayli eng ko‘p jabr ko‘rgan aholi punktlari Noto qishlog‘i hamda Vadzima va Sudzu shaharlari bo‘ldi. So‘nggi ikki kun ichida Vadzimada 540 mm.dan ortiq yog‘ingarchilik tushgan bo‘lib, bu 1975-yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Ayni paytga qadar olti nafar qurbon haqida ma’lum bo‘lib, ularning ikki nafari Nakaya tunnelida halok bo‘lgan. Tunnel yer o‘pirilishi oqibatida to‘silib qolgan. U yerda jami 12 kishi bo‘lgan, 10 kishi qutqarib olingan.
Yomon ob-havo tufayli, Sudzu va Notoda 1,7 mingdan ortiq uylar suv ta’minoti va elektr energiyasisiz qolib ketdi. Vadzimada 6,2 ta uyda suv o‘chdi. Bundan tashqari, Isikava prefekturasining ba’zi tumanlarida aloqa bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda.
Sharhlar