Fransiya va Germaniya prezidentlarining rafiqalari Xolokost qurbonlariga atalgan yodgorlikda kulib yubordi
Germaniya va Fransiya birinchi xonimlari Elke Byudenbender va Brijit Makron Berlin markazida Xolokost qurbonlari yodgorligiga qilingan tashrif chog‘ida kulib yubordi, deb xabar bermoqda Germaniyaning Bild gazetasi.
Tashrif 27-may, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Germaniyaga tashrifining ikkinchi kuni amalga oshdi. Fransiya va Germaniya yetakchilari rafiqalari bilan birgalikda yodgorlikka kelib, unga gulchambarlar qo‘ydi. Memorialdan chiqib ketishda birinchi xonimlar kulayotgan holda suratga olingan. Nashr ushbu holatni “g‘ashga tegadigan vaziyat” deb atadi. “Ularning kulgisiga nima sabab bo‘lgani noma’lum”, — deyiladi xabarda.
Makron Germaniyaga 26-may kuni yetib keldi. Bu Fransiya prezidentining 24 yil ichida birinchi marta Germaniya kelishidir. Bugun, 28-may kuni tomonlar mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma kengash majlisini o‘tkazmoqchi. Parijning niyatiga ko‘ra, ushbu safar Fransiya-Germaniya aloqalaridagi “barqarorlik va chuqurlik”ni namoyish etishi kerak.
Sharhlar