Rossiyaning Kursk viloyatidagi AES to‘rtinchi marta dronlar hujumiga uchradi
Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyati Kurchatov shahridagi atom elektr stansiyasi (AES)ga kamida beshta kamikadze dronlari va bitta C-200 raketasi bilan hujum qilishga urindi, deb xabar beradi Mash Telegram-kanali.
Dron va raketalarning barchasi havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari yordamida urib tushirildi, ammo ularning bo‘laklari Kurskda bir nechta ko‘chalarni ta’minlovchi podstansiyaga zarar yetkazdi. Viloyat gubernatori Roman Starovoyt raketalarning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingani va elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon Kurchatov AES to‘rtinchi marta dronlar hujumiga uchramoqda. Chunonchi, 9-yanvar kuni AES hududida samolyot turidagi uchuvchisiz uchar qurilma qulagan edi. Dron portlovchi modda o‘rnatilgan jangovar qismga ega bo‘lgan. Portlovchi qurilma o‘sha paytda ishga tushmay qolgan.
Sharhlar