Kursk oblastining 28 ta aaholi punkti UQK nazorati ostida
Kursk oblastining rahbari Aleksey Smirnov Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda Ukraina qurolli kuchlari 28 ta aholi punktini nazoratga olganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududlarda qolayotgan ikki ming kishining taqdiri haqida rasmiylar hech nima bilmaydi.
Smirnovning qo‘shimcha qilishicha, Kursk viloyatidan jami 121 ming kishi evakuatsiya qilingan, oblastning jami 180 ming aholisi evakuatsiya qilinishi kerak.
Gubernator, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarining hujumi natijasida 12 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi, Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, yana kamida 121 nafar tinch aholi jarohatlangan.
Ulashish:
Sharhlar