Kursk oblastining ikkita rayonida majburiy evakuatsiya e’lon qilindi
Kursk oblasti gubernatori Aleksey Smirnov Rilsk va Xomutov rayonlari aholisi majburiy evakuatsiya qilinishini e’lon qildi.
“Tezkor ma’lumotlarga asoslanib, hududiy tezkor shtab xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Ukraina bilan chegaraga tutash 15 kilometrlik hududda joylashgan Rilsk va Xomutov rayonlaridagi aholi punktlarini majburiy evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, — deyiladi xabarda.
Smirnovning ta’kidlashicha, mahalliy aholining chiqib ketish jarayonini muvofiqlashtirish xavfsizlik kuchlari, mahalliy ma’muriyat va Kursk “Patriot” markazining hushyorlariga yuklangan.
“Hurmatli vatandoshlar, mavjud vaziyatga tushunish bilan munosabatda bo‘lishingizni hamda xavfsizlik kuchlari va mahalliy hokimiyatlarning barcha tavsiyalariga amal qilishingizni so‘rayman”, — deb yozadi gubernator.
Sharhlar