Kursk viloyatida uchta tumanda evakuatsiya e’lon qilindi
Rylskda Glushkovskiy, Rylskiy va Korenevskiy tumanlari aholisini olib ketish punkti ochildi – ular avtobusda xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinadi, deb xabar qildi viloyat hukumati matbuot xizmati.
Rossiya harbiy kanallari xabariga ko‘ra, ukraina qo‘shinlari bilan janglar allaqachon Korenevskiy tumanida boshlangan.
G‘arbdan 40 km uzoqlikda joylashgan 17 ming aholisi bo‘lgan Lgov shahri hamda yaqin atrofdagi aholi punktlari hokimiyat tomonidan evakuatsiya qilinmaydi, dedi tuman rahbari Sergey Korostelev. Buning o’rniga Lgovni kazaklar patrul qiladi.
Ulashish:
Sharhlar