Kurskda markaziy aviatsiya-texnika bazasi bir necha soat davomida yondi

Фото: CyberBoroshno

Kursk markazida bir necha soat davomida o‘chirish imkoni bo‘lmagan yong‘in 3754-Markaziy aviatsiya texnik bazasi joylashgan 13830-harbiy qism hududida sodir bo‘ldi. Yong‘in joyining geolokatsiyasi CyberBoroshno loyihasining OSINT mutaxassislari tomonidan aniqlangan.

Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi kechasi Kursk oblastida urib tushirilgan birorta dron haqida xabar bermagan. Oblast ma’muriyati ham yong‘in sabablari va yong‘inning aniq joyini ma’lum qilmagan.

2023-yil avgust oyida 13830-harbiy qismdan yuzlab metr uzoqlikda samolyot tipidagi dron urib tushirilgandi – u turar-joy binosiga qulagandi. O’shanda “Agentlik” Wikimapia  saytida ushbu harbiy qism haqida sharhni topgandi.

“1990yillarda men bu yerda olti oy xizmat qilganman. Katta xo‘jalik-yuk tashish bazasi, u yerda mixlar, shiferlar, bo‘yoqlardan tortib mis tayoqchalar va videomagnitofonlargacha hamma narsa bor edi. Savdo aylanmasi yiliga 5 ming vagonni tashkil etadi”, — deb yozgan xizmat foydalanuvchilaridan biri 13830-harbiy qism haqida.

16-radioelektron kurash brigadasi ham bo‘linmaga tutash manzilda joylashgan, deya ta’kidlaydi “Agentlik”.

2017-yilda 16-radioelektron kurash brigadasining bir qismi sifatida ular harbiylar “radioelektron kurash bo‘yicha maxsus kuchlar” deb atagan dronlarga qarshi taktik bo‘linmani tuzgan.

Avvalroq Kursk oblastining gubernatori Aleksey Smirnov Kursk markazidagi yong‘in mahalliylashtirilganini ma’lum qilgandi. Uni o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining 10 ta maxsus texnikasi va 60 nafar xodimi jalb etilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.