KXDR askarlari Kursk viloyatida hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Rossiya armiyasi Kursk viloyatini bir necha oydan beri ushlab turgan Ukraina qo‘shinlariga zarba berish uchun 50 ming askardan iborat guruhni, jumladan KXDR qo‘shinlarini to‘pladi, deb yozadi New York Times manbalarga tayanib.
Manbalarning aytishicha, hujum yaqin kunlarda boshlanadi. Ayni paytda Shimoliy Koreya askarlari Kursk viloyatining g‘arbiy qismida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Shu bilan birga, amerikalik ekspertlarning fikricha, Ukraina qo‘shinlari bunday hujumga, hech bo‘lmaganda, ma’lum muddat bardosh bera oladi, Rossiya esa Kursk yaqinidagi mudofaasini darrov buzib o‘ta olmaydi.
Ulashish:
Sharhlar