KXDR chiqindi solingan 20 ga yaqin havo sharini Janubiy Koreya tomonga uchirdi
Shimoliy Koreya 20 ga yaqin chiqindi solingan sharlarni Janubiy Koreya tomonga uchirdi. Bu haqda “Yonxap” agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar beradi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya besh kunlik tanaffusdan so‘ng chiqindilarni tashlash kampaniyasini qayta boshlagan.
Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi Seul hududida o‘ndan ortiq axlat paketlari topilganini bildiradi. Ularning orasida tashviqot varaqalari ham bor.
Harbiylar tahlildan so‘ng xavfli moddalar topilmaganini qayd etdi.
Ulashish:
Sharhlar