Shimoliy Koreya delegatsiyasi Eronga jo‘nab ketdi

Foto: Shutterstock

Shimoliy Koreya delegatsiyasi tashqi ishlar vaziri Yun Chjon Xo rahbarligida Eronga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi. Boshqa tafsilotlar keltirilmayapti.

Yonhap agentligi qayd etishicha, KXDR mansabdorlarining Eronga bundan avvalgi safari 2019-yilda bo‘lgan. O‘shanda Shimoliy Koreya Oliy xalq majlisi raisi o‘rinbosari Pak Chol Min Eron parlamenti raisi bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilgan edi.

2012-yilda Eron va Shimoliy Koreya axborot texnologiyalari, muhandislik, atrof-muhit muhofazasi va boshqa sohalarda qo‘shma tadqiqotlar bilan shug‘ullanishga kelishib olgan edi. Tomonlar talabalar va olimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yib, ilmiy ayirboshlashuv uchun umumiy laboratoriyalar yaratishga qaror qilgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.