KXDR Janubiy Koreya bilan chegara bo‘ylab devor qurmoqda, bu haqda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar dalolat beradi

Фото: BBC

BBC Verify  Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi chegaraning yetti kilometrlik qismida olingan yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qildi. Rasmlarda demilitarizatsiya zonasi yaqinida umumiy uzunligi taxminan 1 km bo‘lgan to‘siqlar o‘rnatilgan kamida uchta hudud ko‘rsatilgan. Ular chegaraning sharqiy chekkasida joylashgan.

Chegaraning boshqa uchastkalarida ham to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

Olingan tasvirlar demilitarizatsiya zonasi (DMZ) ichidagi yerlarning bir qismi tozalanganini ko‘rsatadi, ekspertlarning fikricha, bu Janubiy Koreya bilan avvalgi sulhning buzilishi bo‘lishi mumkin.

DMZ Shimoliy va Janubiy Koreyani ajratib turuvchi 240 km uzunlikdagi va 4 km kenglikdagi bufer zonadir. U mamlakatlar o‘rtasidagi faol harbiy harakatlarni tugatgan sulh bitimi imzolanganidan so‘ng 1953-yilda yaratilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.