KXDR 3,6 mlrd dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin — BMT
Shimoliy koreyalik xakerlar yetti yil mobaynida kriptovalyuta kompaniyalariga kiberhujumlar uyushtirgan. Bu haqda BMT hisobotida aytiladi.
Hujjatda 97 ta holat tilga olingan. Gap, shu jumladan, 2023-yil oxirida HTX kriptovalyuta birjasiga qilingan kiberhujum haqida bormoqda, o‘shanda 147,5 million dollar o‘g‘irlangan. Mablag‘lar Tornado Cash kriptovalyuta mikseri orqali “yuvilgan” bo‘lib, u 2022-yildayoq AQSH Moliya vazirligi sanksiyalariga uchragan edi.
Idora ma’lum qilishicha, mikser 2019-yilda tashkil etilganidan buyon turli xakerlar tomonidan kriptovalyuta yuvish uchun foydalanilgan. Ular orasida esa Lazarus guruhi ham bo‘lib, uning ortida KXDR turgan bo‘lishi mumkin. 2023-yilda Tornado Cash’ning ikki nafar ta’sischilariga 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ni yuvishda yordam berganlik ayblovlari e’lon qilingan.
Sharhlar