KXDR Rossiya Ukrainaga qarshi qo‘llayotgan qisqa masofali raketalarni ishlab chiqaruvchi zavodni kengaytirmoqda — Reuters

Фото: Planet Labs PBC / Reuters

Reuters agentligining xabar qilishicha, Shimoliy Koreyaning Xamxin shahridagi “11-fevral” nomli zavodda, qattiq yoqilg‘ili “Xvason-11” (KN-23) ballistik raketalarini yig‘uvchi korxonada, yangi sanoat va yashash binolarini qurish boshlangan. AQSh tahliliy markazi olimlari Planet Labs tomonidan oktyabr boshida olingan kosmik suratlarga asoslanib shunday xulosaga kelishgan.

Jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, Planet Labs tomonidan olingan suratlar raketalarni yig‘ish uchun qo‘shimcha bino va, ehtimol, xodimlar uchun mo‘ljallangan yangi yashash majmuasini namoyish qilmoqda. Yangi sanoat binosi raketalar yig‘ish uchun foydalaniladgan oldingi binodan 60-70% kichikroq. Bundan tashqari, Pxenyan majmuaning ba’zi yer ostidagi xonalariga kirish yo‘llarini ta’mirlayapti.

SI Analytics tadqiqotchilari ham “11-fevral” zavodidagi yangi qurilish faktini tasdiqlab, o‘z hisobotida yuklash zonasi yaqinidagi inshootning bir qismi kosmik suratlarga olinish imkoni bo‘lmasligi uchun foydalanilishi mumkinligini aytishgan.

Qurilish atrofida ko‘plab qurilish materiallari, transport vositalari va materiallar yuklagan ochiq vagonlar borligini inobatga olgan kompaniya, qurilish tezlik bilan borishini ta’kidlagan.

Shuningdek, SI Analytics qo‘shni Vinalon 8 February majmuasida yangi qurilish topgan, bu yerda ballistik raketalar uchun yoqilg‘i ishlab chiqariladi deb taxmin qilinmoqda.

Tahlilchilarning aytishicha, KXDR o‘z arsenalini kengaytirish maqsadida ishlab chiqarishni kengaytirayotgan bo‘lishi mumkin. Shu vaqtning o‘zida, Pxenyanning Moskvani qo‘llab-quvvatlashi rossiyalik ishlab chiqarish qudratlariga yuklamani yengillashtirishi mumkin. Bu ikkala mamlakat o‘rtasidagi yangi harbiy hamkorlik shartnomasi bilan bog‘liqligi noma’lum.

Ilgari KXDR davlat ommaviy axborot vositalari  “11-fevral” zavodi joylashgan “Ryonson” mashinasozlik majmuasida ehtimol KN-23 uchun quyruq qismi va burun konuslari yig‘ilishini xabar qilgandi. Bu yerda boshqa qurol-yaroqlar uchun boshqa detallar ham, jumladan tank g‘ildiraklari va raketa dvigatellari korpuslari ishlab chiqarilmoqda.

Ukraina maxsus xizmatlarining ma’lumoticha, Rossiya Qurolli Kuchlari 2023 yil oxiridan boshlab Ukrainaga qarshi shimoliy koreyaliklarning KN-23/24 raketalarini muntazam ravishda qo‘llab kelmoqda.

Rossiya Qurolli Kuchlari hujumlarida shimoliy koreyaliklar raketalari faqat kichik ulushni tashkil etadi. Shu qaramasdan, ularning qo‘llanilishi BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Pxenyanning ballistik raketalari yaratish bo‘icha dasturlarini kengaytirishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi deyarli 20 yillik konsensusi yakun topganidan dalolat beradi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.