KXDR Rossiyaga milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib bergan – tadqiqot
Germaniyaning Fridrix Nauman jamg‘armasi (FNF) 28 oktyabr kuni e’lon qilgan tadqiqotga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri Shimoliy Koreya Moskvaga 1,7 milliard dollardan 5,5 milliard dollargacha qurol-yarog‘ etkazib bergan. Janubiy Koreya razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Rossiyani asosan artilleriya snaryadlari va qisqa masofali raketalar bilan ta’minlamoqda.
Agar Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etsa, Shimoliy Koreyaning Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy hamkorlikdan olgan daromadi yuzlab million dollarga oshishi mumkin, deb yozadi nashr.
FNF’ning Janubiy Koreya bo‘limi rahbari Frederik Shpor ham Ukrainadagi urush Sharqiy Osiyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirganini ta’kidladi.
“Rossiya va Shimoliy Koreya xalqaro tartibni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda”, – deydi u.
Sharhlar