Janubiy Koreya KXDR josus sun’iy yo‘ldoshni uchirishga tayyorlanayotganiga javoban o‘quv mashqlarini o‘tkazdi
Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari KXDRning yaqin kunlarda razvedkachi sun’iy yo‘ldosh uchirish niyati haqidagi bayonotiga javoban, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda Yonhap mamlakat qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Manyovrlarga 20 ta samolyot, shu jumladan, F-35A qiruvchilari jalb qilindi, ular “koreyalararo chegaraning markaziy qismi”dagi parvozdan tashqari zonani ajratib turuvchi chiziqning janubiy qismidan uchib o‘tdi. O‘quv mashqlaridan maqsad mamlakatning “qudratli imkoniyatlari va qat’iyati”ni namoyish qilish bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Yaponiyani 4-iyunga qadar koinotga sun’iy yo‘ldosh uchirishi haqida ogohlantirgan edi. Seul ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirishda Shimoliy Koreyaga Rossiya yordam beradi, bu Pxenyan Moskvaga uning Ukrainaga qarshi urushida bergan ko‘makka javob bo‘ladi.
Sharhlar