Latviya hududida qulagan dronga portlovchi moddalar o‘rnatilgani aniqlandi

Фото: reform.news

Latviyada qulagan Rossiya droni portlovchi moddalar ortilgan “Shaxed” droni ekanligi aniqlandi. Bu haqda 9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Latviya milliy qurolli kuchlari vakillari ma’lum qildi.

Dron muvaffaqiyatli zararsizlantirilgan bo‘lib, hozirda uning tahlili o‘tkazilmoqda.

“NVS” qo‘mondoni Leonid Kalninshning ta’kidlashicha, dron Latviya havo hududiga kirgan paytdan boshlab kuzatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron harbiy obуekt ekanligi aniq bo‘lmagani uchun yo‘q qilinmagan.

Latviya harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni aviatsiyaning havoga ko‘tarilmaganini vaziyatning zarur mezonlarga javob bermagani bilan izohladi. Mudofaa vaziri Andris Sprudsning qo‘shimcha qilishicha, voqea munosabati bilan Latviya o‘zining sharqiy chegarasida havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirmoqda. Shuningdek, u bu masala NATO kengashi yig‘ilishida muhokama qilinishini ham bildirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.