Lavrov: Qozog‘iston BRIKS’ga qo‘shilish taklifini oldi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qozog‘istonlik hamkasbi Murat Nurtleu bilan uchrashuvida Qozog‘iston BRIKS’ga “hamkor mamlakat” sifatida qo‘shilish taklifini olganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar beradi.
“Qozog‘iston BRIKS’ga hamkor mamlakat sifatida qo‘shilish taklifini oldi. Umid qilamizki, bu global muammolarni hal qilishda, biz yashab turgan va biz kuzatayotgan o‘zgaruvchan zamonda aloqalarimizni boyitadi”, – dedi Lavrov.
Oldinroq, 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida BRIKS sammiti bo‘lib o‘tgandi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov BRIKS’ning davlat-hamkori maqomiga 13 ta mamlakat da’vo qilayotganini aytgandi. Biroq Sergey Lavrov ushbu ro‘yxatni oshkor qilishdan bosh tortgandi.
Sharhlar