,

Lavrovning О‘zbekistonga tashrifi keyinga qoldirildi

Лавров заверил главу МИД Таджикистана во временном характере проверок
Фото: гугл

Sergey Lavrovning О‘zbekistonga tashrifi keyinga qoldirildi, deya xabar beradi Rossiya TIV matbuot xizmati. U dastlab 28-29 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Bugun, 26-oktyabr kuni Rossiya va О‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Sergey Lavrov va Baxtiyor Saidov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlarining strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish istagini tasdiqladilar.

Ish jadvalidagi tuzatishlarni hisobga olgan holda, tomonlar Lavrovning Toshkentga rejalashtirilgan tashrifini keyinroq muddatga ko‘chirishga kelishib oldilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.