Britaniya parlamentiga saylovlarda 14 yilda ilk marta Leyboristlar partiyasi g‘olib bo‘lmoqda
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak parlament saylovlarida Konservativ partiya (tori) mag‘lub bo‘lganini tan oldi va leyboristlar yetakchisi Kir Starmerni g‘alaba bilan qutladi, deb yozadi “Kommersant”. Leyboristlar partiyasi, oraliq natijalarga ko‘ra, parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallash uchun zarur miqdordagi ovozlarni qo‘lga kiritgan.
Rishi Sunak uning partiyasi uchun “qiyin tun” bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya fuqarolari leyboristlar partiyasiga “ko‘zni ochib qo‘yadigan” hukm chiqargan. “Hozir Londonga ketyapman, u yerda bugungi natija haqida batafsil gapirib beraman, shundan keyin o‘zim barcha kuchimni sarflagan bosh vazirlik lavozimini tark etaman”, — dedi Sunak.
61 yoshli leyboristlar yetakchisi Kir Starmer o‘z tarafdorlariga murojaat qilarkan, mamlakatda o‘zgarishlarni zudlik bilan boshlashga va’da berdi. “14 yildan keyin (konservativ partiya shuncha yil hukmronlik qilgan) o‘z kelajagini o‘ziga qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakat uchun yana umid nuri qaytmoqda”, — dedi siyosatchi.
Saylov yakunlariga ko‘ra, Britaniya mudofaa vaziri Grant Shapps parlamentdagi o‘rnini yo‘qotmoqda. U leyboristlar partiyasidan bo‘lgan raqibi Endryu Lyuinga yutqazdi.
Sharhlar