LG dunyodagi birinchi cho‘ziladigan qayishqoq displeyni taqdim etdi
LG kompaniyasi elastik displeyni namoyish etdi. Uni burash va cho‘zish mumkin. Taqdimot 10 noyabr kuni Seulda bo‘lib o‘tdi. Displeyni uning asl uzunligidan 50% gacha (12 dan 18 dyuymgacha) buklanishi, buralishi va cho‘zilishi mumkin.
Bundan oldin, 2022-yilda LG kompaniyasi 20 foizga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan elastik displey prototipini taqdim etgandi.
Displey kontakt linzalarida ham qo‘llaniladigan silikon materialdan tayyorlangan. Ishlab chiqaruvchi displey 10 mingdan ortiq cho‘zilishlarga bardosh berishini va’da qilmoqda. Kelajakda bunday qurilmalar ko‘plab sohalarda – modadan tortib transportgacha qo‘llanilishi kutilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar