Lissabonda Aleksey Navalniyga yodgorlik qo‘yildi

Фото: Алексей Тодосько

Lissabonda Yevropada ilk Aleksey Navalniyga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi. The Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Rua Visconde de Santarém, 71 manzili bo‘yicha joylashgan Rossiya elchixonasidan 100 metr uzoqlikda uch tilda “Taslim bo‘lmang” yozuvi bo‘lgan yodgorlik o‘rnatilgan.

Ochilish marosimida Yuliya Navalnaya va Leonid Volkov ishtirok etdi. Yodgorlikni o‘rnatish tashabbusi “Associação de russos livres” tashkilotiga tegishli.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.