Livanda sentabrdan buyon hujumlar oqibatida 72 nafar tibbiy xodim va bemorlar halok bo‘lgan
2024-yil 17-sentabridan buyon Livanda hujumlar oqibatida 23 ta sog‘liqni saqlash obyektiga zarar yetdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar bermoqda.
72 kishi halok bo‘lib, 43 kishi jabrlandi. Gap tibbiy xodimlar va bemorlar haqida bormoqda. 15 ta holat tibbiyot muassasalari, 13 tasi esa tibbiy transport bilan bog‘liqdir.
Livandagi nizo avj olishi oqibatida mamlakat janubida ishlab turgan 207 ta birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami markazlarining 100 tasi yopildi. Sababi — ularga zarar yetgani yoki yaqin atrofda yuz bergan shiddatli bombardimonlar. Beshta kasalxona to‘liq, yana beshtasi qisman evakuatsiya qilingan.
Onkologik bemorlar boshqa kasalxonalarga yo‘naltirilmoqda. Dializ markazlari uskuna va xodimlar yetishmovchiligiga duch kelmoqda.
Sharhlar