Livan janubida yana BMTning tinchlikparvar kuchlari “SAXAL” zarbasiga uchradi
Livan janubida YuNIFIL tinchlikparvar kuchlarining Nakurada joylashgan bazadagi kuzatuv posti “SAXAL” zarbasi ostida qolgan. BMT manbasiga ko‘ra, ikki kishi yaralangan. Birining ahvoli og‘ir. “Hodisa tergov qilinmoqda”, – deya ma’lum qilgan “SAXAL”.
Payshanba kuni, YuNIFIL xabariga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari tinchlikparvar kuchlar qarorgohi hududidagi nishonga ataylab o‘q uzgan. O‘shanda ham ikki kishi yaralangan.
“Livanda yana bir chiziq xavfli tarzda kesib o‘tildi”, – dedi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrel, u YuNIFIL pozitsiyalari yaxshi ma’lum ekanini ta’kidladi.
BMT Bosh kotibining tinchlikparvar operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Per Lakrua “Hizbulloh” va “SAXAL” o‘rtasidagi to‘qnashuvlar BMT tinchlikparvar kuchlarini jiddiy xavf ostiga qo‘yganini ta’kidlaydi.
Jan-Per Lakrua, BMT Bosh kotibining Tinchlikparvarlik operatsiyalari bo‘yicha o‘rinbosari YuNIFILning operativ faoliyati 23-sentyabrdan beri deyarli to‘xtab qolganini qayd etadi. “Tinchlikparvarlar o‘z bazalarida qamalib qolgan va ko‘p vaqtlarini boshpanalarda o‘tkazishlari kerak bo‘lyapti. Bu erkin harakatlanishdagi asosiy to‘siq. Operatsiyalar hududida harakatlanish missiyalarini kuzatish va hisobot berish imkoniyatlari cheklangan”.
YuNIFILning ta’kidlashicha, “SAXAL” va “Hizbulloh” o‘rtasida Isroil va Livan o‘rtasidagi vaqtinchalik chegara bo‘lgan Moviy chiziq bo‘ylab to‘qnashuvlar davom etar ekan, uning qarorgohi va atrofidagi pozitsiyalar qayta-qayta zarbaga uchraydi.
Avvalroq Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Danon Isroil asosiy e’tiborini “Hizbulloh”ga qarshi kurashishga qaratgani va BMTning Livan janubidagi tinchlikparvar kuchlariga besh kilometr shimolga chekinishni tavsiya qilganini ma’lum qilgandi.
Sharhlar