Livanda urushning 12 kuni mobaynida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil hujumi qurbonlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi, deb yozadi “Kommersant”. 16-sentabrdan 27-sentabrga qadar 1030 kishi halok bo‘lib, 6,3 ming kishi jabrlangan.
27-sentabr kunining o‘zida SAXAL mamlakat bo‘ylab bergan zarbalardan kamida 11 kishi halok bo‘lgan va yana 108 kishi jarohat olgan. 2023-yil oktabridan buyon esa Livanda 1,6 ming kishi halok bo‘lib, 8,4 ming kishi jabrlangan.
27-sentabr kuni kechqurun Isroil “Hizbulloh” bosh qarorgohiga aviazarba berdi. 28-sentabr kuni ertalab SAXAL harakat bosh kotibi Hasan Nasrullo o‘ldirilganini ma’lum qildi. “Hizbulloh” uning o‘limini tasdiqladi. Suiqasdga Nasrullo Falastinning HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlashni va Isroil shimoliy chegaralaridagi janglarni to‘xtatishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.
Sharhlar