Livanda portlagan “Hizbulloh” peyjerlari Isroilda yig’ilgan
Livanda portlagan Hizbulloh peyjerlari Isroilda yig’ilgan. Mossad bu operatsiyani 2022-yildan buyon rejalashtirib kelgan, deb yozadi The Washington Post.
Gazetaning manbalarga tayanib yozishicha, Isroil razvedka xizmati Mossad 2023-yil 7-oktabrda Xamasning Isroilga hujumidan bir yildan ko‘proq vaqt oldin Hizbullohning peyjerlarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyaning ayrim qismlarini amalga oshira boshlagan.
O‘n yil davomida Mossad Hizbulloh qurilmalarini buzib, uning infratuzilmasiga kiberhujumlar uyushtirgan, bu esa guruhni xavfsizroq aloqa usullaridan foydalanish haqida o‘ylashga majbur qilgan, deb yozadi WP. Keyin Isroil vositachi orqali Tayvanning Apollon kompaniyasidan Livanga AR924 peyjerlarini yetkazib berdi.
Gazetaga ko’ra, peyjerlar Isroilda Mossad nazorati ostida yig’ilgan, ammo Apollon bu haqida bilmas edi. Portlovchi qurilma akkumulyator ichiga yashiringan va shifrlangan xabarni olish (va portlovchi moddani faollashtirish) uchun peyjerdagi tugmalarni birdaniga ikki qo‘l bilan bosish kerak edi. Hujum sodir etilgan kuni, 17-sentabrda Mossad shunday xabarni guruh peyjerlariga yuborgan. Xabarni qabul qilmagan odamlarning qurilmalari Isroil razvedkasi tomonidan masofadan turib portlatilgan, deyiladi WP maqolasida.
Sharhlar