London Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llagani uchun Rossiyaning RKBH qo‘shinlariga qarshi sanksiyalar joriy etmoqda

Фото: Сергей Петров/NEWS.ru

Buyuk Britaniya Rossiyaning Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya (RKBH) qo‘shinlari va ularning qo‘mondoni Igor Kirillovga Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llagani uchun sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vazirligi xabar beradi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Rossiyaning Ukrainada urush olib borishda qo‘llagan “shafqatsiz va g‘ayriinsoniy taktikasini” qoraladi. Uning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya Rossiya rahbariyatining “zararli” harakatlariga qarshi turish uchun “barcha mavjud vositalardan” foydalanishda davom etadi.

“Buyuk Britaniya Putin va uning rejimining xalqaro huquqni, jumladan, Kimyoviy qurollar bo‘yicha konventsiyani qo‘pol ravishda buzishiga toqat qilmaydi”, – dedi Kleverli va “Putin va uning buyrug‘ini bajaradiganlar endi javobgarlikdan yashirina olmasligini” qo‘shimcha qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.