Los-Andjelesda qurollangan kishi odamlarni garovga olib, avtobusni olib qochdi

Фото: Shutterstock/FOTODOM

Los-Anjeles shahri markazida qurollangan shaxs bir necha kishini garovga olib, avtobusni olib qochdi, deya xabar beradi Fox News.

Hodisa 25-sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Gumondor avtobus yo‘lovchisini otib, transport vositasini o‘g‘irlab ketgan. Politsiya avtobusni bir soatdan ko‘proq quvib, uni 10 kilometrdan keyingina to‘xtata olgan.

Hujumchi o‘zini ichkariga to‘sib qo‘ygan, ammo oxir-oqibat qo‘lga olingan. Uning harakatlarining sabablari noma’lumligicha qolmoqda. U otgan yo‘lovchi kasalxonada og‘ir ahvolda. Avtobus haydovchisi jabrlanmagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.