Lukashenko Belarusda siyosiy moddalar bo‘yicha hukm qilingan yana 31 nafar kishini afv etdi

Беларусь разместила у себя такое же тактическое ядерное оружие, как и США в странах Европы, заявил Лукашенко
Источник: sharij.net

Aleksandr Lukashenko “ekstremizm”da ayblangan yana 31 kishini afv etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar beradi. Afv etilganlar orasida ikki ayol va 29 erkak bor. Ularning ismlari tilga olinmagan.

“17 nafar kishi surunkali kasallikka chalingan, 3 nafari nogiron, 27 nafar mahkumning farzandi bor, 7 nafari – ko‘p bolali. Mahkumlar sudlanganligi olib tashlanmagan holda asosiy jazodan ozod etiladi”, — deyiladi xabarda.

Bu Lukashenkoning so‘nggi oylardagi afv etish haqidagi to‘rtinchi farmonidir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.