Lukashenko Belarusni urushga tayyorlash haqida topshiriq berdi

Фото: president.gov.by

Belarus o‘z dushmanlari tomonidan kelayotgan tahdidlarga javob bera olishi kerak, shuning uchun u o‘zining harbiy salohiyatini yanada kuchaytirishi, shuningdek, armiyani modernizatsiya qilishi lozim. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko bildirdi.

“Eski formula: agar siz tinchlikni xohlasangiz, urushga tayyorlaning. Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, biz jang qilmoqchi emasmiz…  Bularning barchasi allaqachon aytilgan. Ular bunga quloq solishadi, lekin bizning raqiblarimiz o‘z ishini qilyapti. Ochiq gapiraylik, bizga qarshi tayyorlanishmoqda. Shuning uchun biz urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, — dedi u Obuz-Lesnovskiy harbiy poligonidagi uchrashuv chog‘ida.

Lukashenko Belarusning “muxoliflari” va “raqiblari” deganda kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq harbiylar Ukrainada “frontda voqealar qanday kechayotganini ko‘rib” va “ so‘nggi yillarda dunyoda sodir bo‘layotgan urushlarni o‘rganib” allaqachon bir qator harakatlarni amalga oshirganini ta’kidladi”.

“Biz armiyamizni to‘rt marta isloh qildik va, ehtimol, beshinchi marta o‘z qurolli kuchlarimizni modernizatsiya qilishga yaqinlashayotgan bo‘lishimiz mumkin”, — deya aniqlik kiritadi u.

Shu bilan birga, Lukashenko “garchi vaziyat keskinligicha qolayotganiga” qaramasdan, Belarusga qarshi “urush boshlash tendentsiyalari” hali kuzatilmaganini ta’kidladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.