Lukashenko birdaniga 30 ta siyosiy mahbusni afv etdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “norozilik xarakteridagi jinoyatlar”da ayblangan 30 kishini afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar beradi BELTA davlat agentligi.
Afv etilganlar orasida 14 nafar ayol va 16 nafar erkak bor, ularning ba’zilari og‘ir xastalikka chalingan yoki pensiya yoshidagilar. Ozod qilinganlarning ismlari oshkor etilmagan.
Iyul oyida Lukashenko allaqachon 18 nafar siyosiy mahbusni, jumladan 10 yilga qamalgan va saraton kasalligidan aziyat chekayotgan Belarus Xalq fronti partiyasining sobiq yetakchisi Grigoriy Kostusevni ozod qilgan edi.
Rossiya hukumati og‘ir kasal bo‘lgan mahbuslarga nisbatan bunday harakatlarni rejalashtirmagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kremlda bunday rejalar yo‘q.
Sharhlar