Lukashenko “MDH oilasi”ni avvalgi tarkibda tiklashni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvadagi sammitda “SNG oilasi”ni avvalgi tarkibda tiklashni qo‘llab-quvvatsh bo‘yicha fikr bildirdi.
“Agar bizning oilamizga Gruziya qaytsa, Moldova o‘z to‘laqonli ishtirokini tiklasa, Ukraina rahbariyati aqlini yig‘ib olsa, juda yaxshi bo‘lardi. Ukrainaning normal hayotini tiklashda bizning ishtirokimiz zarur bo‘ladi. Men bunga to‘la ishonaman. Bu faqat vaqt masalasi”, – deydi Belarus rahbari.
Aleksandr Lukashenko Hamdo‘stlikda mavjud bo‘lgan narsalarni qadrlash kerakligini ta’kidladi.
“Bugungi kunda Hamdo‘stlikdan uzilib qolmagan barcha davlatlar yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Ular o‘z mamlakatlarini boshqarishni yo‘qotmadilar va xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ektlari bo‘lib qolmoqdalar”, – deydi Lukashenko.
Sharhlar